Перейти к основному содержимому

Ariza yuborish, holatini bilish va xujjat

Kiritish:

  • Foydalanuvchining tizimga kirishi: Foydalanuvchi avval my.nuu.uz portaliga o‘z login va parol ma'lumotlari bilan yoki mavjud kirish imkoniyatlari(Hemis, OneID, QR Login, Elektron raqamli imzo) kiradi.
  • Rol tekshiruvi: Foydalanuvchi tizimga kirgandan so‘ng, tizim tomonidan foydalanuvchining roli tekshiriladi. Agar foydalanuvchi o‘qituvchi roliga ega bo‘lsa, unga tegishli menyular ko‘rsatiladi.
  • Shaxsiy kabinetga kirganingizda o’quv yilini tanlaysiz va Qidirish tugmasini bosasiz.
  • Arizalar bo’limiga kirasiz, unda tanlangan o’quv yiliga tegishli arizalar ko’rinadi. Ariza yubormoqchi bo‘lsangiz tepadagi chap tamonda ARIZA YUBORISH tugmasini bosasiz.
  • Bu joyda bir nechta ma’lumotlar kiritishingiz va tanlashingiz kerak bo’ladi.

    1. O’quv yilini tanlaysiz.
    2. Kafedra nomini tanlaysiz.
    3. Semester nomini tanlaysiz.
    4. Kurs nomini tanlaysiz.
    5. Mashg’ulot nomini tanlaysiz.
    6. Ta’lim shaklini tanlaysiz.
    7. Ta’lim darajasini tanlaysiz.
    8. Guruh nomini o‘zingiz yozib kiritasiz.
    9. Ta’lim yo’nalishi yoki Mutaxassislik nomini o‘zingiz yozib kiritasiz.
    10. Fan nomini o‘zingiz yozib kiritasiz.
    11. 1-oktabrgacha o’tilgan dars soatini kiritasiz agar 1-oktabrgacha dars o’tmagan bo’lsangiz bo’sh qoldirasiz.
    12. 1-oktabrdan keyin o’tilgan dars soatini kiritasiz agar 1-oktabrdan keyin dars o’tmagan bo’lsangiz bo’sh qoldirasiz.
    13. Soatbay o‘tgan faningiz bo‘yicha Hemisdan yuklab olingan kalendar rejani yuklaysiz.
    14. Sizga chiqarilgan Soatbay buyruqni yuklaysiz.
  • ESLATMA: Hamma maydondagi ma’lumotlarni tanlash yoki kiritish shart.

YUBORISH tugmasini bosasiz va sizning arizangiz tegishli hodimlar tekshirishi uchun yuboriladi.

  • Arizalar: bo’limiga kirganingizda siz yuborgan arizani ma’lumotlari ko’rinadi.

  • Unda Holat: ustuni bor, unda yuborgan arizangizni holatini kuzatib turasiz, tegishli hodimlarning tasdiqlaganini yoki rad etganini ko’rib qaysi jarayonda turganini muntazam kuzatib borsangiz bo’ladi.

  • Print: ustuni bor, unda O’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlaganidan keyin Print tugmasi paydo bo’ladi va unda Hujjat shakllanib ko‘rinadi, hujjatni chop etgan holda imzolab, mas’ul xodimlarga (kafedra mudiri, fakultet dekani, o‘quv bo‘limi, reja-moliya bo‘limi) taqdim etiladi.