Перейти к основному содержимому

Arizani tekshirish,javob berish va holatini bilish

  • Foydalanuvchining tizimga kirishi: Foydalanuvchi avval my.nuu.uz portaliga o‘z login va parol ma'lumotlari bilan yoki mavjud kirish imkoniyatlari(Hemis, OneID, QR Login, Elektron raqamli imzo) kiradi.

  • Rol tekshiruvi: Foydalanuvchi tizimga kirgandan so‘ng, tizim tomonidan foydalanuvchining roli tekshiriladi. Agar foydalanuvchi reja moliya roliga ega bo‘lsa, unga tegishli menyular ko‘rsatiladi.

  • Shaxsiy kabinetga kirganingizda o’quv yilini tanlaysiz va Qidirish tugmasini bosasiz.

  • Qidirish tugmasini bosganingizdan keyin chiqqan oynada Tasdiqlangan, Tasdiqlanmagan va Rad etilgan bo’limlari ko’rinadi.

  • Tasdiqlanmagan bo’limga kirsangiz fakultetdagi ariza yuborgan o’qituvchilar fakultetlari ko’rinadi, fakultet nomiga bossangiz undagi kafedralari ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilar ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizalarining ma’lumotlari ko’rinadi,

  • Holat ustunida Ko’rish tugmasini bossangiz ariza qaysi bosqichda turganini tekshirib olasiz,

  • ma’lumotlarni va fayllarini tekshirasiz, Tasdiqlash uchun Tasdiqlash ustunidagi Tasdiqlash tugmasini bosasiz.

  • Chiqqan oynada 1-oktabrgacha o'tilgan dars soati qismida o’tgan soati qizil bilan chiqadi va 1 soat uchun to’lanadigan summa qismiga 1 soat uchun to’lanadigan pul miqdorini kiritasiz,agar qizil bilan chiqqan soati 0 bo’lsa bo’sh qoldirasiz.

  • 1-oktabrdan keyin o'tilgan dars soati qismidan o’tgan soati qizil bo’lib ko’rinadi va 1 soat uchun to’lanadigan summa qismiga 1 soat uchun to’lanadigan pul miqdorini kiritasiz,agar qizil bilan chiqqan soati 0 bo’lsa bo’sh qoldirasiz.

  • Tasdiq turida Tasdiqlayman yoki Rad etaman tasdiq turini tanlab va Sababi(sharh) yozib Saqlashni bosasiz.

  • Agar Tasdiq turiga Rad etaman tasdiq turini tanlasangiz 1-oktabrgacha o'tilgan dars soati va 1-oktabrdan keyin o'tilgan dars soati qismiga 1 soat uchun to’lanadigan summani kiritmaysiz.

  • Tasdiqlangan bo’limga kirsangiz Ariza yuborgan o’qituvchilarning fakultetlari ko’rinadi, fakultetning ustiga bossangiz kafedra ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchining ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz – o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizasining ma’lumotlari ko’rinadi.

  • Unda Holat ustunida Ko’rish tugmasi orqali ariza qaysi bosqichda ekanligini ko’rib borsangiz bo’ladi.

  • Rad etilgan bo’limga kirsangiz siz rad etgan - ariza yuborgan o’qituvchilarning fakultetlari ko’rinadi, fakultetning ustiga bossangiz kafedra ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilarning ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz – o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizasining ma’lumotlari ko’rinadi.