Перейти к основному содержимому

Arizani tekshirish,javob berish va holatini bilish

  • Foydalanuvchining tizimga kirishi: Foydalanuvchi avval my.nuu.uz portaliga o‘z login va parol ma'lumotlari bilan yoki mavjud kirish imkoniyatlari(Hemis, OneID, QR Login, Elektron raqamli imzo) kiradi.

  • Rol tekshiruvi: Foydalanuvchi tizimga kirgandan so‘ng, tizim tomonidan foydalanuvchining roli tekshiriladi. Agar foydalanuvchi fakultet dekani roliga ega bo‘lsa, unga tegishli menyular ko‘rsatiladi.

  • Shaxsiy kabinetga kirganingizda o’quv yilini tanlaysiz va Qidirish tugmasini bosasiz.

  • Qidirish tugmasini bosganingizdan keyin chiqqan oynada Tasdiqlangan, Tasdiqlanmagan va Rad etilgan bo’limlari ko’rinadi.

  • Sizning fakultetingizdagi Soatbay o’qituvchilar yuborgan arizalar ko’rinadi.

  • Tasdiqlanmagan bo’limiga kirganingizda sizning fakultetingizdagi ariza yuborgan o’qituvchilar kafedralari ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilar ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizalarining ma’lumotlari ko’rinadi.

  • Holat ustunida Ko’rish tugmasini bossangiz ariza qaysi bosqichda turganini tekshirib olasiz,

  • ma’lumotlarni va fayllarini tekshirasiz, Tasdiqlash ustunidagi Tasdiqlash tugmasini bosasiz.

  • Chiqqan oynada Tasdiq turida Tasdiqlayman yoki Rad etaman tasdiq turini tanlaysiz, Sababi qismida sababini(sharh) yozasiz va Saqlash tugmasi bosasiz. Tasdiqlayman tasdiq turini tanlab saqlasangiz keyingi bosqichga o’tadi va sizning shaxsiy kabinetingizda Tasdiqlangan bo’limida ko‘rinadi yoki Rad etaman tasdiq turini tanlab saqlasangiz keyingi bosqichga o’tmaydi va sizning shaxsiy kabinetingizda Rad etilgan bo’limida ko‘rinadi.

  • Tasdiqlangan bo’limga kirsangiz Ariza yuborgan o’qituvchilarning kafedra ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchining ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz – o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizasining ma’lumotlari ko’rinadi.

  • Unda Holat ustunida Ko’rish tugmasi orqali ariza qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borsangiz bo’ladi.

  • Rad etilgan bo’limga kirsangiz siz rad etgan - ariza yuborgan o’qituvchilarning kafedra ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilarning ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz – o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizasining ma’lumotlari ko’rinadi.