Ariza yuborish, holatini bilish va xujjat
Kiritish:
- Foydalanuvchining tizimga kirishi: Foydalanuvchi avval my.nuu.uz portaliga o‘z login va parol ma'lumotlari bilan yoki mavjud kirish imkoniyatlari(Hemis, OneID, QR Login, Elektron raqamli imzo) kiradi.
- Rol tekshiruvi: Foydalanuvchi tizimga kirgandan so‘ng, tizim tomonidan foydalanuvchining roli tekshiriladi. Agar foydalanuvchi o‘qituvchi roliga ega bo‘lsa, unga tegishli menyular ko‘rsatiladi.
- Shaxsiy kabinetga kirganingizda o’quv yilini tanlaysiz va Qidirish tugmasini bosasiz.
- Arizalar bo’limiga kirasiz, unda tanlangan o’quv yiliga tegishli arizalar ko’rinadi. Ariza yubormoqchi bo‘lsangiz tepadagi chap tamonda ARIZA YUBORISH tugmasini bosasiz.

-
Bu joyda bir nechta ma’lumotlar kiritishingiz va tanlashingiz kerak bo’ladi.
- O’quv yilini tanlaysiz.
- Kafedra nomini tanlaysiz.
- Semester nomini tanlaysiz.
- Kurs nomini tanlaysiz.
- Mashg’ulot nomini tanlaysiz.
- Ta’lim shaklini tanlaysiz.
- Ta’lim darajasini tanlaysiz.
- Guruh nomini o‘zingiz yozib kiritasiz.
- Ta’lim yo’nalishi yoki Mutaxassislik nomini o‘zingiz yozib kiritasiz.
- Fan nomini o‘zingiz yozib kiritasiz.
- 1-oktabrgacha o’tilgan dars soatini kiritasiz agar 1-oktabrgacha dars o’tmagan bo’lsangiz bo’sh qoldirasiz.
- 1-oktabrdan keyin o’tilgan dars soatini kiritasiz agar 1-oktabrdan keyin dars o’tmagan bo’lsangiz bo’sh qoldirasiz.
- Soatbay o‘tgan faningiz bo‘yicha Hemisdan yuklab olingan kalendar rejani yuklaysiz.
- Sizga chiqarilgan Soatbay buyruqni yuklaysiz.
-
ESLATMA: Hamma maydondagi ma’lumotlarni tanlash yoki kiritish shart.
YUBORISH tugmasini bosasiz va sizning arizangiz tegishli hodimlar tekshirishi uchun yuboriladi.

-
Arizalar: bo’limiga kirganingizda siz yuborgan arizani ma’lumotlari ko’rinadi.
-
Unda Holat: ustuni bor, unda yuborgan arizangizni holatini kuzatib turasiz, tegishli hodimlarning tasdiqlaganini yoki rad etganini ko’rib qaysi jarayonda turganini muntazam kuzatib borsangiz bo’ladi.
-
Print: ustuni bor, unda O ’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlaganidan keyin Print tugmasi paydo bo’ladi va unda Hujjat shakllanib ko‘rinadi, hujjatni chop etgan holda imzolab, mas’ul xodimlarga (kafedra mudiri, fakultet dekani, o‘quv bo‘limi, reja-moliya bo‘limi) taqdim etiladi.