Skip to main content

Arizani tekshirish,javob berish va holatini bilish

  • Foydalanuvchining tizimga kirishi: Foydalanuvchi avval my.nuu.uz portaliga o‘z login va parol ma'lumotlari bilan yoki mavjud kirish imkoniyatlari(Hemis, OneID, QR Login, Elektron raqamli imzo) kiradi.

  • Rol tekshiruvi: Foydalanuvchi tizimga kirgandan so‘ng, tizim tomonidan foydalanuvchining roli tekshiriladi. Agar foydalanuvchi o'quv bo'limi roliga ega bo‘lsa, unga tegishli menyular ko‘rsatiladi.

  • Shaxsiy kabinetga kirganingizda o’quv yilini tanlaysiz va Qidirish tugmasini bosasiz.

  • Qidirish tugmasini bosganingizdan keyin chiqqan oynada Tasdiqlangan, Tasdiqlanmagan, Rad etilgan va Soatbay asosida o’qituvchilar bo’limlari ko’rinadi.

  • Tasdiqlanmagan bo’limga kirsangiz fakultetdagi ariza yuborgan o’qituvchilar fakultetlari ko’rinadi, fakultet nomiga bossangiz undagi kafedralari ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilar ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizalarining ma’lumotlari ko’rinadi.

  • Holat ustunida Ko’rish tugmasini bossangiz ariza qaysi bosqichda turganini tekshirib olasiz,

  • ma’lumotlarni va fayllarini tekshirasiz, Tasdiqlash ustunidagi Tasdiqlash tugmasini bosasiz.

  • Chiqqan oynada Tasdiq turida Tasdiqlayman yoki Rad etaman tasdiq turini tanlaysiz, Sababi qismida sababini(sharh) yozasiz va Saqlash tugmasi bosasiz. Tasdiqlayman tasdiq turini tanlab saqlasangiz keyingi bosqichga o’tadi va sizning shaxsiy kabinetingizda Tasdiqlangan bo’limida ko‘rinadi yoki Rad etaman tasdiq turini tanlab saqlasangiz keyingi bosqichga o’tmaydi va sizning shaxsiy kabinetingizda Rad etilgan bo’limida ko‘rinadi.

  • Tasdiqlangan bo’limga kirsangiz Ariza yuborgan o’qituvchilarning fakultetlari ko’rinadi, fakultetning ustiga bossangiz kafedra ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchining ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz – o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizasining ma’lumotlari ko’rinadi.

  • Unda Holat ustunida Ko’rish tugmasi orqali ariza qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borsangiz bo’ladi.

  • Print ustunida O'quv ishlari bo'yicha prorektor arizani tasdiqlaganidan keyin Print tugmasini paydo bo'ladi va bossangiz ariza hujjati shakllanadi.

  • Rad etilgan bo’limga kirsangiz siz rad etgan - ariza yuborgan o’qituvchilarning fakultetlari ko’rinadi, fakultetning ustiga bossangiz kafedra ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilarning ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz – o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizasining ma’lumotlari ko’rinadi.

  • Soatbay asosida o’qituvchilar bo’limida jami soatbay o’qituvchilar soni / arizasi tasdiqlangan o’qituvchilar soni ko’rinadi. Soatbay asosida o’qituvchilar bo’limiga kirsangiz jami soatbay o’qituvchilar ism familiyasi, lavozimi, bandlik shakli ko’rinadi. O’qituvchilar turgan qator qizil rangda bo’ladi agar O’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlagan o’qituvchilar arizasiga qarab o’qituvchi qatori ko’k rangda ko’rinadi.

  • Ko’k rangda turgan qatorda Holat ustunida Chop etish tugmasi paydo bo’ladi, Chop etish tugmasiga bossangiz, Ariza yuborgan o’qituvchilarning fakultetlari ko’rinadi, fakultetning ustiga bossangiz kafedra ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchining ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz – o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizasining ma’lumotlari ko’rinadi. Holat ustunida ariza qaysi bosqichda turganini ko’rsangiz bo’ladi va Print ustunida Print tugmasini bossangiz Hujjat ko’rinadi.