Arizani tekshirish,javob berish va holatini bilish
-
Foydalanuvchining tizimga kirishi: Foydalanuvchi avval my.nuu.uz portaliga o‘z login va parol ma'lumotlari bilan yoki mavjud kirish imkoniyatlari(Hemis, OneID, QR Login, Elektron raqamli imzo) kiradi.
-
Rol tekshiruvi: Foydalanuvchi tizimga kirgandan so‘ng, tizim tomonidan foydalanuvchining roli tekshiriladi. Agar foydalanuvchi bugalteriya roliga ega bo‘lsa, unga tegishli menyular ko‘rsatiladi.
-
Shaxsiy kabinetga kirganingizda o’quv yilini tanlaysiz va Qidirish tugmasini bosasiz.
-
Qidirish tugmasini bosganingizdan keyin chiqqan oynada Tasdiqlangan va Tasdiqlanmagan bo’limlari ko’rinadi.
-
Sizning fakultetingizdagi Soatbay o’qituvchilar yuborgan arizalar ko’rinadi.
-
Tasdiqlanmagan bo’limga kirsangiz fakultetdagi ariza yuborgan o’qituvchilar fakultetlari ko’rinadi, fakultet nomiga bossangiz undagi kafedralari ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilar ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizalarining ma’lumotlari ko’rinadi.
-
Holat ustunida Ko’rish tugmasini bossangiz ariza qaysi bosqichda turganini tekshirib olasiz,
-
ma’lumotlarni va fayllarini tekshirasiz, Tasdiqlash uchun Tasdiqlash ustunidagi Tasdiqlash tugmasini bosasiz.
-
Chiqqan oynada To’lanadigan summa qismida shu ariza uchun to’lanadigan summasi qizil bo’lib ko’rinadi, Tasdiq turida To’lov tasdiqlandi o’zi tanlangan turadi siz faqat Saqlash tugmasini bossangiz kifoya.
-
Tasdiqlangan bo’limga kirsangiz fakultetdagi ariza yuborgan o’qituvchilar fakultetlari ko’rinadi,fakultet nomiga bossangiz undagi kafedralari ko’rinadi, kafedraning ustiga bossangiz, ariza yuborgan o’qituvchilar ism familiyasi ko’rinadi, ism familiyaning ustiga bossangiz o’qituvchi haqida ma’lumot hamda yuborgan arizalarining ma’lumotlari ko’rinadi,
-
Holat ustunida Ko’rish tugmasini bossangiz ariza qaysi bosqichda turganini ko’rsangiz bo’ladi.
