Akademik resurslarni boshqarish
Kiritish:
Kiritilgan resurslar tahrirlanishi mumkin. Har bir foydalanuvchi o‘zining ilgari kiritgan akademik resurslarini yangilashi va kerakli o'zgartirishlarni amalga oshirishi uchun imkoniyatga ega.
- Foydalanuvchining tizimga kirishi: Foydalanuvchi avval my.nuu.uz portaliga o‘z login va parol ma'lumotlari bilan yoki mavjud kirish imkoniyatlari(Hemis, OneID, QR Login, Elektron raqamli imzo) kiradi.
- Rol tekshiruvi: Foydalanuvchi tizimga kirgandan so‘ng, tizim tomonidan foydalanuvchining roli tekshiriladi. Agar foydalanuvchi o‘qituvchi roliga ega bo‘lsa, unga tegishli menyular ko‘rsatiladi.
- Menyudan Portfolio tanlanadi: Kirish muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, menyular qatoridan Portfolio bo‘limi tanlanadi

- Mening portfoliom bo'limi: Portfolio menyusidan Mening portfoliom ( https://my.nuu.uz/portfolio/po-teacher ) tanlanadi, bu yerda foydalanuvchi o‘z ilmiy ishlari, kitoblari, maqolalari va boshqa akademik resurslarini kiritishi, ko‘rib chiqishi va boshqarishi mumkin bo‘ladi.
Yangi tugmasi bosish orqali kiritish amalga oshiriladi va quyidagicha sahifa ochiladi:
-
Nomi: Kiritilayotgan akademik resursning nomini kiriting. Bu resursning aniq nomini kiriting, bu esa foydalanuvchilarga uni osongina topishda yordam beradi.
-
Izoh: Resurs haqida qisqacha ma'lumot bering. Bu yerda resursning mazmuni yoki uning qanday maqsadda ishlatilishini izohlashingiz mumkin.
-
Kategoriya tanlash: Resursni tegishli toifaga ajrating. Toifalardan birini tanlang, masalan:
- Darslik
- Avtoreferat
- Monografiya
- O'quv-qo'llanma
- Uslubiy qo'llanma
- Sertifikatlar
- Videodarslar
- Loyihalar
Bu toifalar resursning qaysi turga tegishli ekanligini aniqlashga yordam beradi.
-
Fayl turi tanlash: Resurs fayl turini tanlang. Quyidagi variantlardan birini tanlashingiz mumkin:
- PDF fayl
- Rasm fayl
- Video
Bu tanlov kiritilgan faylning formati yoki turini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
-
Fayl yuklash: Faylni tizimga yuklash uchun Choose File tugmasini bosing va faylni tanlang. Bu fayl tizimda saqlanadi va resurs sifatida ko‘rib chiqiladi.
-
Tavsif: Kiritilayotgan resurs haqida batafsil ma’lumot bering. Resursning maqsadi va mazmuni haqida kengroq tushuntirish kiriting.
-
Saqlash: Barcha maydonlar to‘ldirilgach, Saqlash tugmasini bosing. Ushbu tugmani bosish orqali siz kiritgan akademik resurs moderatorga tekshirish uchun jo'natiladi.
-
Tekshirish statusini kuzatish: Saqlangandan so'ng, boshqaruv sahifasida resursingizning "Tekshirilmoqda" statusini kuzatishingiz mumkin bo'ladi.
-
Natijani ko'rish va xabarnoma olish: Tekshiruv natijasi sizning Mening portfoliom ro'yxatingizda aks etadi. Tekshirishdan o'tgan bo'lsa, resurs ommaga ochiq bo'ladi. Qo'shimcha ravishda sizga xabarnoma ham taqdim etiladi.
Tahrirlash:
Universitet xodimlari o‘z ilmiy ishlari, kitoblari, maqolalari, avtoreferatlari kabi akademik resurslarni tizimga kiritishlari mumkin. Bu ma’lumotlar tizim tomonidan qayta ishlanadi va tasdiqlangandan so‘ng umumiy ko‘rinishda aks etadi.
Tahrirlash uchun siz ko'rsatilgan yashil "Qalamcha"
belgili tugmani bosish orqali ma'lumotni tahrirlashingiz mumkin bo'ladi. Agar resurs moderator tamonidan tasdiqlangan holatda bo'lsa ya'ni "Active" dan "Tekshirilmoqda" statusiga o'zgaradi.
O'chirish:
Agar resurslar yangilanmasa yoki o‘chirilishi lozim bo‘lsa, foydalanuvchilar o‘z resurslarini tizimdan o‘chirishi mumkin. Bu o‘chirilgan ma’lumotlar tizimdan butunlay yo‘qoladi.